Buxoro muhandislik-texnologiya institutida elba loyihasi doirasida tashkil etilgan retraining

 

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ELBA loyihasi doirasida 2022 yilning 22 sentyabr kuni loyiha a`zolari va mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan mavjud va kelajakdagi hamkorlik ishlari muhokamasi bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Bunday uchrashuvlar oldin ham doimiy ravishda bo`lib kelgan. Ushbu uchrashuvning boshqa uchrashuvlardan farqli tomoni, bu uchrashuvda ELBA loyihasining asosiy koordinator universiteti Ispaniyaning Santiago de Compostela Universitetidan Sami Ashour vakil sifatida ishtirok etib, hamkorlikni yanada kengroq olib borishiga o`z hissasini qo`shdi. Uchrashuvda quyidagi masalalar ko`rib chiqildi:

1) ELBA loyihasi koordinatori Sami Ashourning Buxoroga tashrifining asosiy maqsadi

2) Buxoro viloyatidagi korxonalar faoliyati va ularda BigDATA ning o’rni;

3) Tizimda mavjud muammolar va kadrlar masalasi;

Seminardan so’ng Ulug’bek Ibragimov, Fayoz Xalilov va Sami Ashour Buxoro viloyatidagi yirik “BuxoroAgroklaster” AJ da loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanish maqsadida tashrif boyurdilar.

Muallif: Fayoz Khalilov