Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk  markazi” davlat muassasasi, Buxoro viloyati viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi tomonidan “Intellektual mulk elektron davlat xizmati portali orqali sanoat namunasiga talabnomani topshirish bo’yicha amaliy qo‘llanma” va “Sanoat namunalariga, EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarga huquqiy muhofaza berish” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminarda institutning doktorant, tayanch doktorant, mustaqil izlunuvchilari hamda professor-o‘qituvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan faol ishtirok etishdi.