Bugun,  joriy yilning 31-oktabr kuni institutda “Bitiruv malakaviy ishini amaliyotga tadbiq etish” mavzusidagi 3-xalqaro ilmiy amaliy konferensiya Kosigin  nomidagi Rossiya davlat universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.   
Konferensiyani BuxMTI rektori, texnika faklari doktori, professor Nusratilla Barakayev ochib berdi.  

   

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Buxoro viloyati mintaqaviy vakili, falsafa fanlari doktori professor Xuseynova Abera Amonovna so‘zga chiqib, bitiruv malakaviy tadqiqotlarni amaliyotda tadqiq etish yuzasidan o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilab, uning tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va mazkur sohaga oid hamkorlikdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni yanada ko‘proq va kengroq o‘tkazish taklifini berdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq demokratik partiyasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Zulfiya Nazimovna bitiruvchi talabalar faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tiladi. 

 

So‘zni “Paxta va yengil sanoat texnologiyalari” fakulteti dekani, dotsent I.M.Raxmonov davom ettirdi.   
Shuningdek, ushbu tadbirda “Dizayn” yo‘nalishi talabalari tomonidan “Modalar namoyishi” tashkil etildi, unda iqtidorli dizaynerlar tomonidan “Bahor gullari”, “Buxoro gavhari”, “Kumushtariy” kabi kolleksiyalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.  

 

Tadbir davomida “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida “Eng yaxshi ijodiy ish”, “Eng yaxshi kreativ g‘oya”, “Eng yaxshi kolleksiya muallifi”nominatsiyalari bo‘yicha tanlov ham tashkil qilindi.  

Institut rahbariyati tomonidan tashkil etilgan hayʼat aʼzolari tomonidan g‘oliblar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.   
Tanlov g‘oliblariga institut rektori hamda yuqori tashkilot xodimlari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir davomida BuxMTI hamda Rossiya davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida konferensiyaning rasmiy sho‘ba yig‘ilishlari va davra suhbatlari ertauf 1 noyabr kuni ham davom etadi. Biz bilan birga qoling.