Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

 Unda institut faxriylari, professor-oqituvchilari hamda xodimlar ishtirok etdi.

  Tadbirda ushbu kunning mazmun-mohiyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

  Tadbir songida ustozlar uchun dasturxon yozildi hamda esdalik sovgalari topshirildi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, ravnaqi uchun mehnat qilgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Bu jihatlar yurtimizda keng nishonlanayotgan tadbirlarda, ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Albatta, hayotiy dunyoda yashab, o‘zidan ko‘plab yaxshiliklar qoldirgan, xalqning xizmatida kamarbasta bo‘lgan ajdodlarimizni eslashimiz barchamizga lozim vazifa hisoblanadi.