Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2025-yildagi dastlabki kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda institut qabul komissiyasining 2024-2025-o‘quv yili talabalar qabuli natijalari, professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik holatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha bo‘lim boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

 Shuningdek yig‘ilishda professor, dotsent ilmiy unvonini olgan izlanuvchilarning diplomlari tantanali ravishda topshirildi.