Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2023-2024 o‘quv yili yakunlariga bag’ishlangan kengash yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.

 Kengash yig’ilishining dastlabki kunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi  “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va xududlarni rayuqamli transformatsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qarorining 3-ilovasi 32.2-bandida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha institutda amalga oshirilgan ishlar, institutda  yoshlarga oid davlat siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar  samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan  ishlar, respublika iqtisodiyotining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachilar bilan aloqalar va boshqa masalalar muhokama etildi.

 Shuningdek yig'ilishda professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlari hamda faoliyatlari muhokama qilinib, belgilangan tartibda kengash a'zolari tomonidan tasdiqlandi.