Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti Iqtisodiyot 712-23 guruhi talabasi Umidjon Cho‘liyevning “Muhabbat yo‘li” nomli she’riy to‘plami nashr etildi.

  Har qanday shoir yoki ijodkorning kamolotga erishuvi eng avvalo, uning milliy g‘oya va qadriyatlarga qanchalik sadoqat va ularni o‘z ijodida qo‘llay olishdadir. Ana shunday milliylikni, Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbatni o‘z ijodida kuylay olgan Umidjon Cho‘liyevning ushbu kitobida “Buyuk o‘zbegim”, “Buxorom”, “Tinch diyorim” mavzusidagi go‘zal manoli she'rlar  mujassam.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

 -She’riyat orqali millat ruhi, shuuri tarbiya topadi, elning o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati shakllanadi. Umidjon Cho’liyev kabi yoshlarimiz bilan faxrlanamiz.