TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga xususiy tashabbuskor “Idiyev Builder” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hududida (0,3 gektar) 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar: |
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 17-noyabr 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarning hammasiga yuborishlari kerak:
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti |
Elektron pochta manzili: bmti_info@edu.uz, sobirsaidov886@mail.ru |
Telefon raqami: +998 65 223 78 84; +998 97 307 76 66 |
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Navoiy shoh koʻchasi 12B-uy, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey hududi |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz |
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195) |
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy. |
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Alisher.Normurodov@imv.uz |
Telefon raqami: +998(71) 203-50-50 (01936) |
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.