Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti “Xalqaro bo‘lim” boshlig‘i Valentina Shevchenko, Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti professori Yelena Kamishanchenko, Belgorod davlat Milliy tadqiqot universiteti dotsenti Yuliya Rastopchina o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

  Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda ikki OTM hamkorligida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlarini yanada takomillashtirish, yo‘l xaritasini yanada kengaytirish,  taʼlim dasturlari boʻyicha tashviqot ishlarini amalga oshirish boʻyicha fikrlar almashildi.

  Shuningdek, tashrif doirasida ikkala tomon o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish hamda talabalar, magistrlar va pedagog o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli taʼlim yoki tadqiqot dasturida ishtirok etish orqali chet elda o'qishni davom ettirish yoki ilmiy tajriba orttirish imkoniyati bo‘yicha qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi.