Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Belarus milliy texnika universiteti oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida BMTU “Nazariya va arxitektura tarixi” kafedrasi dotsenti G.A.Dubovitskaya BMTU "Arxitektura" yoʻnalishi talabalari V.O.Merkulova, A.V.Alekhin, A.S.Selyava, N.P. Banetskiylar institutga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida dotsent G.A.Dubovitskaya “Arxitektura” yoʻnalishi talabalariga ma’ruzalar oʻqib, bino va inshootlar qurilishi boʻyicha qiziqarli ma’lumotlarni berdi.

Shuningdek bizning milliy, tarixiy yodgorliklarimizning qurilishi, me’morchilik san’ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi, binolarning turi va uslubi, kompozitsiyasi  Belarusiyalik talabalarning diqqat markazida boʻldi.