Buxoro muhandislik-texnologiya instituti delegatsiyasi Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi Oliy muhandislik maktabiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Sankt-Peterburg davlat universitetining 2030 yilgacha ilg'or muhandislik maktabini yaratish va rivojlantirish bo'yicha "Rossiya mineral-xomashyo kompleksi uchun fanlararo tadqiqotlar, texnologiyalar va biznes jarayonlari" loyihasining taqdimoti bilan tanishishdi.

 Tashrif maqsadi: Sankt-Peterburg davlat universiteti NIS va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida muhandislik taʼlimini rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish.