Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Kim vatanni sevsa-mendirman o'sha” shiori ostida ko‘rik-tanlov o'tkazildi.
Bosh sahifa Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Kim vatanni sevsa-mendirman o'sha” shiori ostida ko‘rik-tanlov o'tkazildi.
Zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, dunyoqarashi keng, jangovar va jismoniy jihatdan chiniqqan, vatanparvar, mard va jasur yoshlar mamtakatimizning qudratli tayanchidir.
Bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag'ishlangan
“Kim vatanni sevsa-mendirman o'sha” shiori ostida ko‘rik-tanlov o'tkazildi.
Tanlovda har bir fakultetdan bir nafardan vatanparvar, fidoyi talaba-yigit “Tanishtiruv”, “Kalashnikov” qurolini qismlarga ajratish va yig‘ish”, “Erkin mavzu” shartlari bo’yicha bellashdilar.
Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
1. Elbek Toshbayev-“Arxitektura-qurilish” fakulteti
2. Asilbek Adizov -“Yer usti transport tizimlari” fakulteti
3. Nodir Sagdullayev-“Neft-gaz texnologiyasi” fakulteti
Barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!