Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi
Bosh sahifa Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi
Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar bilan uchrashdi
Dastlab viloyat rahbariga institutimizdagi istiqbolli ilmiy-innovasion ishlanmalar, tijoratlashtirish loyihalari taqdimot qilindi.
Jumladan, energiya iste’moli ob’yektlarini “yashil energetika”ga o‘tkazish uchun samarador rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, sanoat korxonalari tutun gazlarini tozalash texnologiyasini yaratish, binolarni issiqlik sarfi iste’moli va samaradorlik sinfini avtomatik aniqlash kabi bugungi kun uchun dolzarb sanalgan loyihalar viloyat hokimida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, xonadon.bmti.uz platformasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu onlayn platforma fuqarolar, qurilish kompaniyalari va hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Fuqarolar tenderlarni ko‘rish, xonadonlar haqida ma’lumot olish va qurilish jarayonini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “O‘zbekneftegaz” AJ hamkorligida “KIBERNEFTGAZ” ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilgan.
Botir Zaripov mazkur maktab faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng viloyat rahbari institut talabalari bilan muloqot qildi. Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Viloyat rahbari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida institutning talabalar turar joyini borib ko‘rdi. Botir Zaripov yotoqxona talabalari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Suhbat davomida viloyat rahbari bugun ulardan kutilayotgan narsa, avvalo, o‘zlari yashayotgan hamda ta’lim-tarbiya olayotgan maskanlarini hurmat qilishlari va o‘z uylaridek tutishlari, undan keyin oldilariga qo‘ygan maqsad sari faqat va faqat oldinga harakatda bo‘lishlari zarurligini uqtirdi.