Aziz vatandoshlar!
Sizlarni 8-dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tabriklayman!
Bundan 32 yil muqaddam mamlakatimiz rivojlanishining tamoyillarini mustahkam belgilab bergan asosiy Qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. So‘nggi yillarda mamlakatimizning hayotida ko'plab ijobiy o‘zgarishlar ro'y bermoqda. Ushbu rivojlanishlarning har birida konstitutsiyaviy qadriyatlar ishonchli tayanch bo‘lib kelmoqda.
Bugun biz yana global o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqdamiz. Jumladan ta’lim sifatini oshirish, odamlarning hayot sifatini yaxshilash, inson kapitalini rivojlantirish va boshqa sohalarda misli ko‘rilmagan islohotlar olib borilmoqda. Ishonchim komilki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha jabhalarda yuksalishlarni kafolatlaydi!
Aziz do‘stlar, sizlarga mustahkam sog‘lik, Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat ila,
Sadoqat Siddiqova