“Buxoro tarixi, buguni va kelajagi” shiori ostidagi “Arxitektorlar, muhandis-quruvchilar va dizaynerlar”ning Xalqaro festivali doirasida Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu Xalqaro festivalda Buxoro viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jalol Arashov, Buxoro viloyat bosh arxitektori Zuxriddin Muxiddinov, Oliy attestatsiya komissiyasi kotibiyati bosh inspektori Toxir Mamatmusayev ishtirok etdi.

 Tashrif buyurgan mehmonlar zamonaviy arxitektura va qurilish sohasida yangi innovatsion loyihalar taqdimoti bilan tanishib chiqishdi. Shuningdek moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Sobir Saidov tomonidan “Turar-joy xonadonlarni sotish jarayoni shaffofligini ta'minlash uchun onlayn nazorat platformasini yaratish” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.