Rossiya davlati Qozon shahrining Bashir Rameyev nomidagi IT-parkida bo’lib o‘tgan “Kelajakni shakllantirish” xalqaro forumida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova hamda Qo’shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Shuhrat Hojiyev ishtirok etdi. Forum davomida bir nechta nufuzli oliy ta’lim mas’ullari bilan hamkorlik qilish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 Ushbu tadbirda 100 dan ortiq xorijlik mehmonlar ishtirok etdi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda  Almatyev davlat texnologiya universiteti "Neft sohasi Oliy maktabi" o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

  Memorandumning asosiy maqsadi neft-gaz sohasida “Ilg‘or muhandislik maktabi” loyihasi doirasida ta’lim, ilmiy va boshqa faoliyat sohalarida, shuningdek, muhandislik profillari boʻyicha oʻquv dasturlarini amalga oshirish bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.