INTERFAOL USULLAR – AMALDA

“Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi Akramova Obida Qosimovna tomonidan 2022 yil 15 noyabr’ kuni  412-19 MTX guruxi talabalariga “Mehnat bozori va aholi bandligi” fanidan “Aholi bandligini oshirishda kichik biznes va tadbirkorlikning o`rni” mavzusida sinov darsi o`tkazildi. 

Sinov darsi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etildi. Mavzu slaydlar taqdimoti orqali talabalarga tushuntirildi va talabalarni faolligini oshirish maqsadida “aqliy hujum”, “klaster” va “kichik guruhlarda ishlash” metodlaridan foydalanildi. 

 “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo`llab ta`lim beruvchi bir vaqtning o`zida barcha talabalarni mavzuga jalb etib, baholay oldi hamda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo`ldi. 

“Aqliy hujum” metodidan foydalanganda talabalarning barchasini faollashtirish imkoniyatiga ega bo`ldi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllantirdi. 

“Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi Akramova Obida Qosimovna tomonidan talabalarga “klaster” metodi orqali ilgari surilgan ғoyalarni umumlashtirishni va ular o`rtasidagi aloqalarni topishni o`rgatdi.

   

"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri             Boboyev A.Ch.