Aziz vatandoshlar, hurmatli yoshlar!

Sizlarni 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklayman!

31 yil oldin davlatimizning Asosiy qonuni qabul qilindi. Hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelgan. O'tgan vaqt mobaynida davlatimiz demokratik davlat sifatida jahon hamjamiyatidagi mavqeyini muvaffaqiyatli mustahkamladi. Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan normalar millatlararo totuvlikni mustahkamlash, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va barcha sohalar rivojlanishi uchun asos bo’lmoqda.

Ushbu bayram bilan barcha O'zbekiston aholisini chin yurakdan tabriklayman! Tinchlik, farovonlik, baxt va Vatanimiz ravnaqi yo'lidagi xayrli ishlarda muvaffaqiyatlar tilayman. G'alabalar va yaxshilanishga intilish bizni ulkan muvaffaqiyatlarga olib kelsin!

Bayramingiz muborak bo’lsin!

Hurmat ila,
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova