Erasmus+ dasturining “610170-EPP-1-2019-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP ELBA: Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo'yicha o'quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish/ Establishment of training and research centres and Courses development on Intelligent Big Data Analysis in CA” loyihasiga doirasida 2021 yil 2 noyabrdan 12 noyabrgacha Ispaniya davlatining Santiago de Compostela shahrida tashkil etilgan o’quv-treningda Buxoro muhandislik texnologiya institutidan 3 nafar professor o’qituvchi Fayoz Xalilov, Azizjon Xojiyev, Muhammad Mizomov ishtirok etishdi. 

Quyidagi dastur rejasi orqali trening tashkil etildi: 

Programming for Data AnalysisMa'lumotlarni tahlil qilish uchun dasturlash
Introduction to Big DataKatta ma'lumotlarga kirish
Text Data Management and Analysis: Big Text DataMatnli ma'lumotlarini boshqarish va tahlil qilish: Katta matnli ma'lumotlar
Introduction to containerization with DockerDocker yordamida konteynerlashtirish to’g’risida umumiy ma’lumotlar
Computing infrastructures for Big Data AnalyticsKatta ma'lumotlarni tahlil qilish uchun hisoblash markazlari infratuzilmasi
Big Data TechnologiesKatta hajmli ma'lumotlar texnologiyalari
Internet of ThingsInternet buyumlari

Ushbu ma’lumotlarni tinglovchilarga yetkazishda yaqindan yordam bergan professor-o’qituvchilar:

Francisco Pena Brage

David Losada

Marcos Fernandesh-Pichel va boshqalar.

Mashg‘ulotlarning samarali va mazmunli o‘tishini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz.

Trening yakunida har bir tinglovchiga sertifikatlar topshirildi