15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni

Har yili bir qancha mamlakatlarda muhim ekologik sana — Butunjahon  chiqindilarni  ikkilamchi  qayta ishlash kuni  nishonlanadi. Bundan maqsad jamiyat va davlat e'tiborini atrof-muhitning ifloslanishi hamda cheklangan resurslar muammosiga qaratishdir.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham 15-noyabr — Butunjahon chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash kuni munosabati bilan Boqiy Buxoro majmuasida Sanoat ekologiyasi kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “Chiqindisiz kelajak sari” mavzusidagi targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. 

Unda dastlab chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha talabalarga tushuncha berildi, so’ngra talabalar tomonidan tozalik aksiyasi tashkil etildi.