BMTI “TJBT” fakultetining “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchilari Primova A.A., Usmanova N.Y., fakultet tyutorlari: Bozorova F.A., Xojiyeva N.Sh. shuningdek 715-22 MNT talabalari bilan birgalikda  Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo’lishdi. Xoja Bahouddin Naqshband -  islom olamining eng mashhur avliyolaridan biri, naqshbandiya tariqatining asoschisi va u allomaning ta’limoti asosida: “Dil - ba yor-u, dast -ba kor” (“Ko‘ngil Allohda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin”), - degan shior yotadi . 

Tadbir yoshlarni madaniy va tarixiy obidalarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratildi va o‘z maqsadiga erishdi.