Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Binobarin, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu o’rinda shuni qayd etib  o’tish joizki, yoshlarimizning bilimli, shijoatli va etuk mutaxassislar bo’lib etishishlari uchun institutimizning barcha professor-o’qituvchilari o’z yordamlarini ayamay fidokorona meҳnat qilib kelmoqdalar.Ular qatorida “Energetika” kafedrasining katta o’qituvchisi Nematov Laziz Alisherovichning hissasi ham beqiyosdir. U kishining Qizil–tepa va Vobkent  tumanlariga qarashli ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab, ta’lim sifatini yaxshilashda amaliy yordam ko’rsatib, “Elektrotexnika va elektronika” fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash, amaliy va tajriba mashg’ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo’llanma va ko’rsatmalar tayyorlab berganliklarini inobatga olib? Qizil-tepa  va Vobkent tumani hokimliklari tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirladilar.

Yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yoshlarning huquqiy savodxonligi, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish va ularni qanday qilib topish bo‘yicha yoshlar xabardorligini oshirish, yoshlarni chekish va ichkilikbozlikdan himoya qilish, yoshlar ishbilarmonligi kabi dolzarb masalalar yuqori darajada muhokama qilinishi lozim. Bu muhokamalar keyinchalik huquqiy hujjat, dastur, loyiha yoki “Yo‘l xaritasi” ko‘rinishida hayotga tatbiq etilishi mumkin.

Yangi O‘zbekiston – obod va farovon mamlakatimizni barpo etishda yoshlarimizning alohida o‘rni bor. Ular o‘z vatanparvarliklari, bilim va malakasi, g‘ayrat-shijoati, tashabbuskorliklari bilan shu yurt va shu xalqning munosib farzandlari ekanliklarini namoyon etishga qodirlar.

   Xulosa qilib aytganda, ta’lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar va yoshlarimiz har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani davlatimizning yoshlarga bo‘lgan e’tiborining naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Zero, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda, bu yo‘lda ishonchimiz va tayanchimiz bo‘lmish navqiron avlodlarga har tomonlama munosib ta’lim-tarbiya berishda albatta, jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiyalar yetakchi o‘rinda bo‘lishi zarur.

«Energetika» kafedrasi katta o’qituvchilari  

Aslanova G.N, Nematov L.A.