Buxoro xonlari, keyinchalik amirlaning qarorgohi bo’lmish, Ark qal’asi Buxoroning eng qadimiy yodgorligidir. Ushbu madaniy me’rosimiz bo’lmish Buxoroning eski shahar qismida joylashgan Nodir devonbegi, Labi Hovuz, Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfuro’shon, Toqi Zargaron va Poyi kalon majmuasiga BMTI “TJBT” fakulteti “Menejment” kafedrasi o’qituvchi stajori Xayitova I.N. va 710-21 MNT guruhi talabalari  bilan birgalikda  tashrif buyurishdi. Vatanimiz hududida bularga o’xshash yuzlab obidalar mavjud. Agarda yoshlarni bu qadamjolarga olib borilsa, ular naqadar buyuk yurt farzandlari va dono insonlarning avlodlari ekanligini yana bir bor anglab yetadi. Bunday obidalar nafaqat o’sha davr uchun, balki hozirgi davr uchun xizmat ko’rsatib kelmoqda. Ularning bugungi kundagi o’rni yurtimizga sayyohlarni jalb etayotgani va butun dunyoga O’zbekiston nomini tanitayotgani bilan baholanadi.