Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Energetika” kafedrasi olimlari  tomonidan “Yashil energetika” sohasidagi qarorlarni amalda ijrosini taъminlash maqsadida “Transport vositasi harakati  mexanik energiyasini  elektr energiyasiga aylantirish qurilmasi ” ixtiro qilindi va O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan FAP 01841 (O'zbekiston Respublikasi foydali modellar davlat reestrida 05.02.2022 yil Toshkent shahrida ro'yxatdan o'tkazilgan) foydali modelga patent olindi.Hozirgi vaqtda ekologik toza elektr energiyani ishlab chiqarishda katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu ilmiy tadqiqot ishining  dolzarbligi va zarurati shundaki shundaki, elektr energiyasini paydo qilish uchun yoqilg'i, uni tashish uchun transport xarajatlari sarf qilinmaydi, balki foydalanilmasdan kelinayotgan mexanik energiya, maxsus texnologiya qurilmasi orqali elektr energiyasiga aylantiriladi va undan  samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.   
Gidro elektrostantsiyalar qimmat va murakkab tuzilmalarni, masalan daryolarni to'sib qo'yadigan to'g'onlar, shuningdek atrof-muhitga salbiy taъsir ko'rsatadigan ko'llar yoki suv omborlarini talab qiladi.   
Shu sababli anъanaviy energiya ishlab chiqarish tizimlari bilan bog'liq bo'lgan yuqori xarajatlar va ekologik muammolarni bartaraf etadigan yoki minimallashtiradigan energiya ishlab chiqarish tizimlarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish orqali elektr energiya olish katta ahamiyatga ega.   
Shuningdek, avtomobil transportlar harakati rivojlanib shahar va qishloq avtomobil yo'llarida qatnov oqimi keskin ko'payib bormoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo'l harakati qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi 2019 yil 9 apreldagi 292-son qaroriga asosan Yo'lning sunъiy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiruvchi 1.31. belgi, Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo'llanilmoqda Transport vositalari qatnovchi asosiy yo'llarda dastlab, mazkur belgi asosida sunъiy notekisliklar qo'llanilgan bo'lsa, ayni kunlarda transport vositalari qatnovchi ichki yo'llarda ham sunъiy notekisliklar o'rnatilmoqda (qurilmoqda). Sunъiy notekisligining balandligi 7-10 sm.ni tashkil etadi.    
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar davomida transport vositasi harakati mexanik energiyasidan foydalanib elektr energiya hosil qiluvchi qurilma yaratildi.Taklif etilayotgan qurilmani qo'llash natijasida tarmoqda ishlatilib kelinayotgan elektr energiya tejaladi hamda tejalgan elektr energiyani xalq xo'jaligining boshqa zarur jabhalarida ishlatilishida zamin yaratiladi.    
      Mazkur tadqiqot ishi “2020-2030 yillarda O'zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taъminlash kontseptsiyasi”ning ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarildi.   
 Kuniga, tavsiya etilayotgan qurilma tomonidan ishlab chiqarilgan energiya miqdori

E_jami=3,5kJ   
 Qurilmani nafaqat transport vositalari qatnovchi yo'lning sunъiy notekislik qismida, balki yo'l yuzasi ostida bir yoki bir nechta himoya qatlamlari bilan qoplangan bosim plitasini tayyorlab, ushbu plita ostida qurilmani o'rnatish orqali elektr energiya olishga imkoniyat mavjud. Taklif etilayotgan qurilma-moslamasi nisbatan arzon va o'rnatishga qulay hisoblanadi.

Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, qurilmadan o'zgarmas tok olish va uni jamlash imkoniyatiga erishilganligi, kelajakda ekologik toza hamda energiya tejamkor texnologiyalarni yaratish borasidagi muammoli masalalarni muvoffaqiyatli echim topishiga zamin yaratadi.   
       Manfaatdor korxona va tashkilotlarni qurilmani ishlab chiqarishga qo'llashga taklif etamiz.