2022 yil 22 dekabrь kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi professor -o’qituvchilari va “Iqtisodiyot” yo’nalishida ta’lim olayotgan birinchi kurs talabalari bilan kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan “Yangi yil­– yangi maqsadlar sari yo’l” deb nomlangan ko’ngilochar tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirda “Iqtisodiyot” yo’nalishida ta’lim olayotgan birinchi kurs talabalarning kelgusi yildagi oliy maqsadlari, qiziqishlari va intilishlari haqida suhbatlar olib borildi. Talabalarning bayramga bo’lgan munosabatlari va kelayotgan yangi yilda ularning reja hamda amalga oshirishlari kerak bo’lgan ishlari haqida  ustozlar va bo’lajak iqtisodchilar bilan fikr-mulohazalar almashildi.

Talabalarga “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari nomzodi, docen.A.CH.Boboev, kafedra docenti G.DJ.Hasanova va kafedra professor - o’qituvchilari tomonidan bayram munosabati bilan chiroyli tilaklar va tabriklar bildirildi.

Talabalar berilayotgan ta’lim - tarbiya, bilim va mehnatlari uchun ustozlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirishib, kelajakda jannatmakon yurtimizning iqtisodiyotini rivojlantirishda albatta o’z hissalarini qo’shishlarini ta’kidladilar.