5-mart kuni Respublikamizning barcha hududlarida, jumladan Buxoro shahrida ham o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostidagi velosport hamda tez yurish marafoni boʻlib oʻtdi.

📌Marafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash  maqsadida tashkil etildi.

🏛️Marafonda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professor-oʻqituvchilari, xususan “Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari” fakulteti dekani Sh.N.Xayitov, dekan oʻrinbosari J.A.Raxmatov, tyutorlar F.F.Aminov, F.A.Bozorova, N.Sh.Xodjiyeva va talabala yoshlari ishtirok etishdi.