Xalqaro tajriba almashinuv - oliy ta’lim rivojining garovidir.

Energetika fakulteti dekan o‘rinbosari Doniyor G‘afurov 

Oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozorlarini samarali rivojlanishi oliy ta’lim xizmatlari sub’ektlari bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari tomonidan tayyorlanadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan bog‘liq. Chunki bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobatga asoslangan ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida innovatsiya yangiliklarini kiritish asosidagina mamlakatni jahon xo‘jaligi bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash respublikamizni ilmiy salohiyatidan foydalanish darajasiga bog‘liq. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi erkin raqobatga asoslanishi va ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sub’ektlarini qanday mulkchilik shakllariga asoslanishidan qat’i nazar erkin raqobat asosida har bir mamlakatni jahon bozorida raqobatdosh bo‘lishini ta’minlash maqsadida intellektual jarayonni rivojlantirish ularning asosiy muammolariga aylanadi. Bu esa o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini intellektual darajalarini oshirishni ta’minlash uchun bozor talablariga asoslangan holda oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni tayyorlash dolzarb hisoblanadi.

Aynan shu maqsadda Buxoro muhandislik – texnologiya institutida ham xalqaro aloqalar tizimli yo‘lga qo‘yilgan. O‘zaro tajriba almashish dasturi doirasida institutning “Energetika” fakulteti Energetika kafedrasi mudiri professor R.B.Jalilov Kozon Federal Universiteti "Naberejno- Chelninskiy institut" da bir oylik ilmiy stajirovka o‘tamoqda.