Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Qo‘shma Ta'lim Dasturi bo‘yicha hamkorimiz Malayziyaning Linkoln Universiteti vakili - Xalqaro Mobillik  Hamkorligi bo‘yicha dekan Rashid Abdusalam tashrif buyurdi.

  Tashrifning birinchi qismida Rashid Abdusalam hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A’zam Alimov institutda yo‘lga qo‘yilgan Qo‘shma Ta'lim Dasturini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

  So’ngra esa Rashid Abdusalam Qo‘shma Ta'lim Dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan ochiq suhbat olib bordi va talabalarning Malayziyaga tashrifi doirasida imtiyozlari ya'ni viza, talabalar turar joyi va boshqa qonuniy asoslar bo’yicha ma’lumot berdi.