Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga  Xalqaro taʼlim boʼyicha Аmerikaning Oʼzbekistondagi filiali vakili Ramuza Mahammatsharipova tashrif buyurdi.

   Tashrif doirasida Ramuza Mahammatsharipova Faculty Enrichment Program (FEP) dasturini tushuntirish bo’yicha seminar tashkil etdi.

  Seminar davomida FEP dasturi boʼyicha qanday qilib ariza toʼldirish, tanlovda qatnashish uchun talab etiladigan hujjatlar, tanlov bosqichlari va boshqa maʼlumotlarni tinglovchilarga yetkazdi. Seminarda o’qituvchilar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berildi.