Bugun hamkorimiz Kozmа Minin nomidаgi Nijniy Novgorod Dаvlаt Pedаgogikа Universiteti Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektori Liliya Yerushkina hamda Xalqaro hamkorlik va akademik mobillik markazi direktori Olga Fadeenkovadan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida ushbu OTM haqida delegatlar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi, iqtisodiyot yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalarning NNDPUda talaba almashinuvi doirasida tahsil olishi va BMTI ustozlarining NNDPUda malaka oshirishi va stajirovka oʼtashi boʼyicha yangi takliflar berildi.

 Buxoro  muhandislik-texnologiya  instituti rektori Sadoqat Siddiqova tomonidan ushbu hamkor OTM bilan konferensiyalar tashkil etish taklifi berildi. Аsosiy muhokamalar Iqtisodiyot yoʼnalishida Qoʼshma Taʼlim dasturini yoʼlga qoʼyishga qaratildi.

   Bunda bakalavr yoʼnalishi uchun 2+2 formatda, yaʼni talabaning 2 yil Buxoro  muhandislik-texnologiya  institutida va qolgan 2 yilini Kozmа Minin nomidаgi Nijniy Novgorod Dаvlаt Pedаgogikа Universitetida oʼqib, taʼlim soʼngida 2 ta diplom olishi boʼyicha takliflar berildi.