Bugun Polsha davlati Lodzinskiy texnologiya institutining vakillari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo’ldi. Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish bilan bir qatorda Polsha oliy oʼquv yurtlarida tahsil olish shart-sharoitlari yuzasidan ma‘lumotlar taqdim etishdan iborat bo’ldi.

   Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova bilan bo’lib o’tgan suhbatda mehmonlar Erasmus+ doirasida Kimyo va kimyo texnologiyalari doirasida professor oqituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borishi, ilmiy maqolalar chop ettirishi va hokazo vazifalar doirasida hamkorlik qilish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi.

  Uchrashuvda  jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasasi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish va tajriba almashinuvini samarali yo‘lga qo‘yish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro darajaga yetkazish borasida kelishib olindi.