Ayni paytda, Buxoro muhandislik texnologiya institutida o’quv ishlari bo’yicha prorektor Alimov A’zam Anvarovich boshchiligida noan'anaviy ko`rinishda, onlayn va oflayn tarzda ochiq dars bo'lib o'tmoqda. Ushbu onlayn va oflayn tarzida tashkil etilgan dars, Buxoro Muhandislik Texnologiya Instituti, Energetika fakulteti dekani, texnika fanlari doktori prof. Sadulloyev Nasullo Nematovich, “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi mudiri dotsent I.I.Xafizov, energoaudit kafedrasi mudiri t.f.d. M.I.Mahmudov, energetika kafedrasi mudiri, t.f.d R.B.Jalilov “Elektr mexanikasi va texnologiyalari” kafedrasi pedagog xodimi Sharopov Fozil Qobilovich, Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr mashinalar” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Toirov Olimjon Zuvurovich va “Buxoro tabiiy resurslarini boshqarish instituti” “Elektr energetikasi va elektrotexnika” kafedrasi dotsenti Nurov Homid Ibrohimovich, katta o’qituvchi Mirzayev Dilshod Po’lotovich hamda katta o’qituvchi Jumayev Axrom Asror bilan birgalikda o'tkazilmoqda.

 Ochiq dars mavzusi umumsanoat mexanizmlarida energiya tejamkorligi masalasiga bag'ishlangan bo'lib, unda Prezidentimizning energetika sohasiga doir qaror-farmonlari, yashil energetikani rivojlantirish masalasiga qaratilgan. Eng asosiysi, 2023 yil - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili davlat dasturi doirasida Respublikadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish maqsadida tashkil etildi. Bu ilmiy ma`naviy tadbirda institutlararo hamkorlik masalalari, professor o’qituvchilar bilan bakalavr va magistr darajasidagi talabalar o’rtasida ochiq muloqot ko`rinishida suhbat va savol javoblar olib borildi. Bu esa, talabalarga “Umumsanoat mexanizmlarida energiya tejamkorlik to`grisida va Prezidentimizning energetika sohasiga doir qaror-farmonlari, yashil energetikani rivojlantirish masalalari bo’yicha amaliy ko’nikmalar va bilimlar shakllanishiga asos bo`ladi. Ayniqsa, bu institutning professor-o’qituvchilari bilan o’zaro hamkorlik masalalarini yo’lga qo’yilishi, o`zaro tajriba almashinuvi, zamonaviy tarzda ZOOM platformasi orqali hamkorlikda darslarni tashkil etish kabi natijalarga erishishni ko'zlaydi.