Bugun, joriy yilning 11-sentabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida “O‘z ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida ilmiy-amaliy seminarga bo‘lib o‘tmoqda.     
Seminarni BuxMTI rektori Sadoqat G‘afforovga kirish so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-307-son qarorning 1-ilovasi 24-bandiga muvofiq “Sanoat klasterlari va yirik innovatsion korxonalar tomonidan muntazam ravishda o‘z ehtiyojlari va muammolari yechimiga qaratilgan “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga sarmoya kiritish ko‘nikmalarini shakllantirish” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmonining 5-bandiga muvofiq “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” zanjiri asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish, bajarish va moliyalashtirish vazifalari belgilanganligini ta’kidlab o‘tdi.     
Tarmoq korxonalarida Innovatsion ekotizimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamalov Botir Sotvoldiyevich, shuningdek, Yig‘ma-axborot tahlil va ijro nazorati bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari Haydarov Nurbek Xasanovich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, innovatsion rivojlanish sho‘basi bosh mutaxassisi Ikromjon Murodovlar o‘z taqdimotlari bilan seminarni interaktiv holda o’tishida faollik ko‘rsatishdi.     
2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasining mazmun-mohiyati, istiqboldagi vazifalar, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy loyihalar tanlovi, loyihalarni shakllantirish va moliyalashtirish tartibi, startapp loyihalar, ularni shakllantirish va moliyalashtirishga oid muammo va takliflar berilib, ularning yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.        
Shuningdek  Buxoro viloyati hamda va Navoiy viloyatining sanoat korxonalari vakillari,   Oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari tomonidan berilgan savol-javob,  taklif va mulohazalar ko`rib chiqildi Seminar davomida innovatsion uskunalar, resurs tejovchi texnologiyalar, tabiiy ishlab chiqarish mahsulotlari, jahon andozalari darajasidagi  ilmiy loyihalar va innovatsion ko‘rgazmalar tashkil etildi.   Seminar juda ko‘tarinki  ruhda o‘tdi.