BuxMTI “O‘zbek tili va adabiyoti”  kafedrasi o‘qituvchisi                                   G.N. Izzatullayeva  tomonidan ochiq dars  o‘tkazildi.

  Sana:           2023-yilning 28- aprel .

Vaqti:          II juftlik, 10:00 .

Fakultet:     Kimyoviy va oziq - ovqat texnologiyalari .

Guruh:        126-22 VT .

Fan:             Nutq madaniyati, davlat tilida ish yuritish .

Shior:          “Tiling birla ko‘nglingni bir tut”.

Mavzu:         Nutqning uslubiy shakllari .

 Dars ochiq amaliy mashgulot tarzida o‘tkazildi. O‘quv mashguloti fan, adabiyot, sanat, siyosatga oid so‘nggi yangiliklar bilan boshlandi. Referendum haqida talabalarning fikrlari tinglandi

 Talaba Haydarov Azamat ushbu oyda tavallud topgan buyuk ajdodlarimizdan biri A. Temur hayoti haqida  gapirdi. 

Saidalimova Nasiba betakror shoir M.Yusuf ijodidan  she`rni yoddan aytib berdi Mahmudova Ozoda kursdoshi bilan birgalikda krassvordda berilgan topshiriqni bajarishdi. Dars davomida klasster, zanjir metodlaridan foydalanildi. O‘tilgan mavzularni  talabalar tarqatma savollarga javob  berish orqali eslab  o‘tishdi.

O‘zbek tilidagi fanga oid so‘zlarni rus hamda ingliz tillariga tarjima qilishdi.   Nutqning uslubiy shakllari haqida  ma`lumotlar berilib , misollar keltirib o‘tildi. O‘quv mashg‘uloti davomida yurtimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishishni ta`minlash; o‘zbek  tilining  yozma va og‘zaki  nutqini  me`yor va  qoidalar asosida mukammal o‘zlashtirishga , ularga nisbatan shaxsiy munosabatni o‘zbek tili adabiy me`yorlariga muvofiq holda ifodalashga erishishni ta`minlash zarur. Fanning vazifasi tolaqonli amalga oshirildi.