2023 yil 30 mart III – juftlikda institutning birinchi binosi, 223-o’quv xonasida, 300-21 va 302 - 21 YeST(tb) “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasi o’qituvchi – stajori “Materiallarni konfektsiyalash” fanidan “ Matolar assortimenti” mavzusida ochiq dars o’tqazdi. Dars mashg’uloti o’tgan mavzuni takrorlash bilan boshlandi, ular ikkita guruhga 300 va 302 guruhlarga bo’lindi. “Crossword” metodi orqali o’tilgan mavzular asosida guruhlar bilimi tekshirildi. Dars davomida talabalar faollashtirildi, izohlari tinglandi.

Yangi mavzu haqida tushunchalar berildi va yangi mavzu yuzasidan kelib chiqib “Aqliy hujum “ metodi qo’llanildi. Guruhlarga alolida alohida muammolar berildi va ularni fikrlari tinglanib o’qituvchi tomonidan aniq yechim topildi va guruhlar baholandi. Yangi mavzu yana davom ettirildi so’ng esa darsni mustahkamlash uchun “MOSAIC” metodi qo’llanildi bu metodda savollar ortida rasmlar berkitilgan bo’lib qaysi guruh bu savollarga tezroq javob bersa bu rasmda qanday uslubdagi kiyim  berkitilganini topishadi. Bu metodda 300 guruh g’olib bo’ldi. So’ng esa dars oxirida guruhlar to’plagan ballari umumlashtirildi ikkala guruhxam bir xil natijaga erishibti ya’ni do’stlik g’alaba qozondi ikkala guruhdan dars davomida faol qatnashgan talabalarga o’qituvchi tomonidan rag’batlantirildi. Dars mashg’uloti juda qiziqarli o’tdi va o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishdi.