Bugun Buxoro muhandislik texnologiya institutiga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining o'rinbosari Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich tashrif buyurdi. Vazir o'rinbosarini Oliygoh rektori vazifasini bajaruvchi Sharipov Mirzo Zokirovich boshchiligidagi oliygoh proffesor-o'qituvchilaridan tashkil topgan jamoa kutib oldi. Tashrif davomida bugungi kunga qadar qilingan ilmiy ishlar qolaversa, kelajakda qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida tuzilgan ko'rgazmali materiallar Vazir o'rinbosari e'tiboriga havola etildi. Harbir ko'rgazmani kuzatgan Vazir o'rinbosari qilingan ilmiy ishlarni yuqori baholadi.