Ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning hal qiluvchi bosqichlaridan biri bo'lib, ular birinchi marta korxona ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishadilar va nazariy bilimlarini amaliyot bilan mehnat sharoitida kasbiy muhitda o’rganadilar. Bunday tadbirlar o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va rag‘batlantirish uchun zarur, chunki ular aynan o’z ta’lim yo’nalishlarini mohiyatini, nima maqsadda tahsil olayotganliklari, o‘z mutaxassisliklari jamiyat va mamlakat uchun qanchalik muhim va talabchanligini anglab yetadi. Shu maqsadda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Menejment” kafedrasi mudiri dots. Zayavitdinova N.M. va kafedra professor-o’qituvchilari Yuldasheva S.N., Musayeva J.K., Nasirova G., Alimova R., Xodjiyeva S.Sh., Toshpo’lotov D., Saidov O. rahbarligida 714-21 MNT, 716-22 MNT, K720-20 MNT guruhi talabalari bilan  2023 yilning 28 aprel kuni “Buxorodonmahsulotlari” AJda bo’lib,   korxonaning ishlab chiqarish xo’jalik va moliyaviy faoliyati, korxona asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi, ishlab chiqarishi jarayoni va boshqaruv strukturasi bilan yaqindan tanishdilar, bu orqali olingan nazariy bilimlarini amaliy bilimlar bilan to’ldirdilar.