O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashda yangicha tizimni joriy etish borasida ilgari surilgan tashabbusning ijrosini ta’minlash, shuningdek talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etish maqsadida BMTI “TJBT” fakulteti dekani Sh.N.Xayitov, yoshlar bilan ishlash va ma`naviy – ma`rifiy ishlar bo`yicha dekan muovini J.A.Raxmatov hamda fakultet tyutorlari tashabbuslari bilan 2023 yil 26 yanvar kuni BMTI 1, 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan ochiq muloqotlar o’tkazishdi.

Ushbu uchrashuvda talabalar bilan suhbatlashib, oliy ta’lim muassasasida qabul qilingan odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalar asosida talabani tartibga chaqirib navbatchilikni tashkil etish, ijtimoiy muhitni yaxshilash, darsdan tashqari bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish  masalasida yoshlar bilan bahs munozaralar olib borildi, shart-sharoitlar o’rganildi va takliflar qabul qilindi.

Albatta, har bir talabani to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish jamiyat uchun - yanada bilimli, salohiyatli kadr yetishtirishga xizmat qiladi.