Hozirgi davrda oliy ta’lim yurtlarida tahsil olayotgan talabalar  o’rtasida  ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda  talabalarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning 23 dekabr kuni sirtqi ta’lim shaklida o’qiyatgan 140-21 YeSTJ (TB) guruhi talabalari ishtirokida Buxoro shaxrida joylashgan  Boboyi Poradoʻz maqbarasiga ziyorat tashkil etildi.  

Manbalardan ma’lumki, Hazrat Boboyi Poradoʻz (Boboyi Shavqi; Shayx Abu Bakr Muhammad bin Ahmad Al Askof) — Markaziy Osiyolik zohid, olim, shayx (VIII—IX asr)  842-yil Buxoroda tugʻilib, 925-yilda vafot etgan. U 83 yil umr koʻrgan. "Shavqi Bobo asli nomi Poradoʻz" deyilgan. Bunday aytilishiga sabab, u Ollohning shavqi, ishqi bilan yashagan deyiladi. Shuning uchun ul zoti sharifni Boboyi Shavqi deb ham ataganlar.

Shuningdek, Buxoro Chor Bakrlari, yaʼni Abu Bakr Saʼd, Abu Bakr Fazl, Abu Bakr Tarxon, Abu Bakr Homid va taniqli mujtahid (diniy qoidalarni tartibga soluvchi) hisoblanmish Abu Jafar Hinduvoniylar Boboyi Poradoʻzning shogirdlari boʻlishgan.

Boboyi Poradoʻz tikuvchilar, etikdoʻz, mahsidoʻz va boshqa kasb egalarining piri hisoblangan.

Talabalar  Boboyi Poradoʻz maqbarasiga ziyorat paytida u haqida to’liq  ma’lumotlarga ega bo’lib, mana shunday piri komilga o’xshab o’z kasbining egalari bo’lishni, kelajakda yetuk mutaxassis bo’lishni niyat qilishdi.   Talabalarning  ushbu tarixiy ziyoratgohga tashrifi ularlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Sadullaeva D.A. - “TSIT” kafedrasi o‘qituvchisi