TADBIRKORLIKKA YO`NALTIRISH – ZAMON TALABI

 

Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan shaxs ishni avvalo nimalardan boshlash kerakligini bilishi, sohadagi maxsus bilimlar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligi yetarliligiga e'tibor qaratishi muhim. 

Shu maqsadda 21 oktabr kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchilari dots. Xasanova G.D., katta o`qituvchilari Rasulova N.N. va Jumayeva Z.Q. “Iqtisodiyot” yo`nalishida ta`lim olayotgan 1-bosqich talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasiga safar uyushtirib, tadbirkorlikni boshlashda muvaffaqiyat sirlari to`g`risida davra suhbati o`tkazdilar.

Tadbirkorlik – aniq maqsadli va doimiy sa'y-harakatni talab qiluvchi tavakkalchilikka asoslangan hamda daromad topishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Soha mutaxassislari bilan birgalikda talabalarga tadbirkorlikni boshlashda g`oyaning muhimligi va uni shakllantirish jihatlari to`g`risida fikr yuritildi.

 

Kam sarmoya talab qiladigan, tez modernizatsiya qilinadigan va bozor konyukturasining o‘zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha oladigan biznes yuritish zamon talabiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kichik biznes bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotni tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi.

Davra suhbatida talabalar tadbirkorlik bilan shug`ullanish – hisob-kitobli tavakkalchi bo`lish, yangilik va rivojlanishga intiluvchi, mustaqil va mas'uliyatli qarorlar qabul qilish va ularning oqibati hamda natijasini oldindan ko‘ra olishni talab qiladigan mas`uliyatli faoliyat ekanligi to`g`risida keng va qiziqarli ma`lumotlarga ega bo`ldilar.