O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 8 iyundagi PQ-4742-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirining 9-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizomning 50-bandiga muvofiq talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida oliy o‘quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlariga imkon yaratildi. Shu maqsadda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo‘ljallagan aholi qatlamlari uchun” o‘quv kursi tashkillashtirildi. 

Bunda 60310100 - “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar) yo‘nalishida tahsil olayotgan bir qator iqtidorli talabalar ham kursda qatnashib, uni muvaffaqiyatli yakunladilar va sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Ushbu kursda talabalar tadbirkorlik faoliyati va uni yuritishga doir bilimlarini yanada kengaytirdilar hamda kelajakda oilaviy bizneslarini ochish uchun imtiyozli kreditlar olish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.