2022-2023 oʼquv yili talabalari hamda bitiruvchi yosh mutaxassislarni ishga taqsimlash, shartnomalar tuzish va ishga joylashtirish borasida 2023 yil 12 aprel kuni institutda boʼlib o’tgan “Karyera-2023” mehnat yarmarkasiga bagʼishlangan tadbirda “BUXOROI SHARIF ZARDO`Z ROXIM” qo`shma korxonasi MCHJ, “Kamalak shabnam” MCHJ, ”UZ IP” MChJ, "Ekvotorial Chodak" MChJ, "Bahmal Group" MChJ korxonalari ishtirok etdi. Korxonalardagi bo‘sh o‘rinlar va ish jarayoni haqida talabalarga qisqacha ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasida innovatsion hamkorlik doirasida muammoli mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, o‘quv rejalariga amaliyotchi mutaxassislar takliflarini e’tiborga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish, talabalarning malakaviy amaliyoti va tajriba oshirishini tizimli ravishda tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.  Shuningdek 300-20 YeST guruhi talabasi Nasiba Muxiddinova so‘zga chiqib, tahsil olish bilan birga darsdan bo‘sh vaqtlarida yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, buyurtma asosida tikuv buyumlari, zamonaviy bichimdagi liboslar yaratayotgani, bu orqali o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirayotganligi haqida so‘zlab berdi. 

Har bir talabada vatanparvarlik tuyg‘ulari va tadbirkorlik kabi kasbiy qobiliyatlar yuksak darajada shakllanishi, har bir talaba-yoshlarimiz kelajakda soha rivojiga hissa qo‘shishi orqali o‘zligini namoyon etishi lozimligini ta’kidladi.  Tashkil etilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad institut bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularning kelgusidagi ish o‘rinlarini aniqlash hamda bitiruvchilar uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yaratish, korxona va tashkilotlardagi mavjud va yangidan yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan korxona rahbariga Kafedra tomonidan TASHAKKURNOMAlar taqdim etildi.