2023 yil 24-25 aprel kunlari Belgorod Davlat Milliy Tadqiqot Universiteti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligi doirasida Xalqaro hamkorlik departamenti direktori t.f.n. Tsybulya Nikolay Sergeyevich va Xalqaro ta'lim dasturlari markazi direktori Shevchenko Valentina Nikolayevna tashrif buyurdilar.  Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad ta’lim sohasida o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va ta’limning yangi yo‘nalishlarini ochishdan iborat. Tashrif davomida o’tkazilgan muzokarada BelDU va BMTI bilan hamkorlik aloqalari doirasida amalga oshiriladigan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Yuqori martabali mehmonlar institutning faoliyati bilan to’liq tanishdilar, 2+2 dasturi bo’yicha “Menejment” yo’nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar va 1+1 dasturi bo’yicha magistrlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Talabalar BelDU faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Ushrashuv natijasida birgalikdagi faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Buxoro News