Davlat dasturi amalda

2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda 2023 yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilishi oliy ta’lim tizimi oldida pedagok xodimlar uchun har bir dars mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish mas’uliyatini yuklaydi. Shu munosabat bilan “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o’qituvchisi Fazliddin Zayniddinovich Toshev tomonidan 2023 yil 1 mart kuni 3-juftlikda K-2 324-xonada 714-20 IQT guruhida “Soliq va soliqqa tortish” fanidan “Qo’shilgan qiymat solig’i” mavzusida ochiq ma’ruza darsi o’tkazildi. Ochiq darsda kafedra professor-o’qituvchilari va magistrlari qatnashdi. Darsni o’qitish jarayonida “Aqliy hujum”, “Blis so’rov” pedagogik texnologiyalari, tarqatma va video materiallardan foydalanib, mavzu yuzasidan yangi qonunchiligimiz me’yorlari va statistik ma’lumotlar asosida boyitib borildi va talabalarda mavzu yuzasidan ko’nikmalar hosil qilindi.