Ayni damda  joriy yilning 24-25-avgust kunlari oliygohimizning bir guruh vakillari Buxoro viloyat hokimligi apparati 2023-yil 18-avgustdagi 6/5058-10- sonli xatiga asosan  “Qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohalari va oziq-ovqat sanoati”ga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlarari sanoat yarmarkalariga ishtirok etish ijrosini ta’minlagan holda "Termiz shahrida bo‘lib o‘tayotgan  Termiz Xalqaro savdo markazi Erkin savdo zonasi"da “Qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sohalari va oziq-ovqat sanoati”ga ixtisoslashgan hududiy tarmoqlari  sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqdalar. Ularni qo‘llab-quvvatlab, omad tilab qolamiz.