2022 yil 23 dekabr kuni “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri raisligida professor-o’qituvchilar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo’yicha kafedra seminar tashkil etildi. 

Dastlab kafedra mudiri A.Ch. Boboyev so’zga chiqib respublikamizda milliy rivojlanishning yangi davriga qadam qo’ygani, hayotimizning barcha jabhalarida o’zgarishlar yuz berayotganini ta’kidlab, 2023 yilga Prezidentimiz tomonidan yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berilganligi, olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganligini ta`kidlab o`tdi. 

So`z navbati B.F. Azimovga berildi va mazkur ta’lim sifatini oshirish - Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to’g’ri yo’li ekanligini ta`kidlab o`tdi. Shu bilan birga O`zbekiston Prezidenti tomonidan 2023 yil uchun ilgari surilgan oltita ustuvor yo’nalishlar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi. 

 “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan G. Dj. Hasanova, N. N. Rasulovalarso’zga chiqishib, President murojaatnomasida keltirib o`tilgan muhim  ustuvor vazifalar xususida fikr-mulohazalar almashishdi. Kafedrada ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida yangi rejalar muhokama qilindi.

Kafedra mudiri tomonidan amalga oshirilish kerak bo’lgan ishlar xususida muhim topshiriqlar kafedra professor-o’qituvchilariga taqsimlab berildi va kafedra professor o’qituvchilarga yil davomida samarali mehnati uchun minnatdorchilik bildirdi.