Buxoro muhandislik-texnologiya "Energetika" hamda "Texnologik jarayonlarni boshqarish" fakultetlari talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ota-onalar kongressi davomida institutda talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar, ilmiy-o’quv laboratoriyalari, faollar zali, “Intelektual markaz” faoliyati, “Talabalar teatr studiyasi”  tanishtirildi.

Shuningdek, fakultet rahbariyati tomonidan mehmonlarga fakultet tuzilmasi, kafedralar mudirlari, tyutorlar tanishtirildi. Talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kredit-modul tizimi, turli tanlovlar xususida maʼlumot berildi.

Institutda o‘tkazilgan  ota-onalar madaniy-ma’rifiy  yig‘ilishida mas’ullar talaba yoshlarning oila a’zolari, xususan ota-onalari bilan ustozlar o‘rtasidagi doimiy va yaqindan muloqotlar ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishida faqat ijobiy samara berishini ta’kidlashdi.

  Shuningdek, tadbirda yaxshi so‘z va e’tirofga loyiq  eng faol  va namunali talabalar, ularning ota-onalari   taqdirlandi.