OLIY TAЪLIMDA XALQARO HAMKORLIK ISTIQBOLLARI  
                                                                                        “Tikuvchilik sanoatida innovatsion   
                                                                                        texnologiyalar” kafedrasi dotsenti,      
                                                                                       Djalolova Dilafruz Fattoxovna

      So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Ana shunday strategik maqsadlarning eng muhim, uzviy qismi bo‘lgan ilm-fan va ta'lim-tarbiya tizimini, jumladan, oliy ta'lim taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga ustuvor masala sifatida qaralmoqda.  
Mamlakatimizda Uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yish, Yangi O‘zbekiston nufuzini dunyoga tanitadigan salohiyatli kadrlar tayyorlash oliy ta'lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.  
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, bugungi kun talabalarining xorijiy oliy ta'lim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli o‘quv-kurslari, konferentsiya va seminarlarda ishtirokini ta'minlash, xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda ta'lim dasturlarini joriy etish, ta'lim jarayoniga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish kabi bir qator muhim vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.  Oliy ta'lim tizimida ilmiy faoliyatni yaxshilash va salohiyatni oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.  
Bugungi kunda oliygohimiz dunyoning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.  Bir necha davlatlardagi nufuzli ta'lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Mazkur kelishuvlar asosida, professor-o‘qituvchi va talabalarning almashinuvi dasturlari, ilmiy innovatsion yo‘nalishlarda nufuzli anjumanlar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, magistrant va tayanch doktorantlarning ilmiy ishlariga hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasalaridagi yetakchi olim va professorlarni ilmiy rahbar sifatida tayinlash natija olib kelyapti.   
2023 yil 15-18 fevral kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Tikuvchilik sanoatida innovatsion texnologiyalar” kafedrasiga Rossiya davlati Don davlat texnika universitetining “Xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik” instituti (filiali)dan   Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, “Konstruktsiyalash, texnologiya va dizayn” kafedrasi texnika fanlari doktori, professor Cherunova Irina Viktorovna tashrif buyurdi. Kafedra professor o‘qituvchilari hamda 1-bosqich dizayn va yengil sanoat texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan  mashg‘ulotlar olib bordi.Oliy ta'lim sohasidagi o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash.  
Shu bilan birga, ushbu dasturiy matnni kontent-tahlil qiladigan bo‘lsangiz, “ta'lim” so‘zi “tarbiya” degan so‘z bilan ko‘p marotaba yonma-yon kelgan. Bu biz uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimizdan dalolatdir. Talaba-yoshlarimizning zamonaviy mehnat bozoriga mos keladigan bilim olishi, ilm-fan va innovatsiyalar jabhasida intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishi, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar barpo etishimiz darkor. Zero, davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston” degan tushunchani real voqelikka aylantirgan ekan, biz bu yuksak nomga yanada chuqur  mazmun-mohiyat baxsh etishimiz lozim.