Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-son qarori asosida tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” NIZOMga muvofiq institutda falsafa doktori ilmiy darajasini oluvchi talabgorlarga mutaxassislik fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlarni OAK talablari darajasida o‘tkazish haftaligi boshlandi. 
- 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” hamda  
- 01.02.01 – “Nazariy mexanika” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon fanlardan ishlab chiqilgan dastur asosida komissiya tarkibi tuzilib mutaxassislik fanlaridan imtihon muvaffaqiyatli o'tkazildi.