Davlat rahbarining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarorida yuqori saviyali kadrlar tayyorlashning sifatini oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. 

 

Shu maqsadda Gazli MGQB hamda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida innovatsion korporativ hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Uning doirasida institut talabalari, ilmiy izlanuvchilari uchun  korxonada amaliyot bazasi tashkil etilgan. Kuni kecha ta’lim muassasasi pedagog xodimlari va talabalardan iborat guruh zavodda bo‘lishdi, bu yerda bajariladigan texnologik jarayonlar bilan tanishdi. Kompressor stansiyalari, agregatlar hamda dispetcherlik pultlarini ko‘zdan kechirib, zarur ma’lumotlarga ega bo‘lishdi